Harakatlaringiz sizni fosh etadi
Kimningdir haqida bilish yoki yolg'onni aniqlash uchun avvalo insonning xatti-harakatlari tilini anglash lozim. Zero, insonning xatti-harakatlari uning o'ziga xos tashrif qog'ozidir.
Ma'lumotlarni yetkazish jarayonida biz uch xil vositadan foydalanamiz: verbal, ovozli va noverbal.
Verbal vositalar bu - faqat so'zlar yordamida, ovozli vositalar - ovozning joni, ovoz ohangi, urg'u bilan aytilishi, noverbal vositalar esa kishining xatti harakatlari yordamida ma'lumot yetkazishi hisoblanadi.
So'nggi ma'lumotlarga ko'ra, inson tomonidan ma'lumotlarni yetkazishda verbal vositalar 7%, ovozli vositalar 38%, noverbal vositalar esa 55% ishtirok etadi. Umuman olganda sizning harakatlaringiz siz haqingizda 65%dan ko'proq ma'lumotni ko'rsatib beradi.
Aytaylik, sizga do'stingiz "Bo'lgan ishlardan xabarim bor" deb aytsa-yu, lekin shu so'zlarni aytayotganda yelkasini qisib gapirsa, bilingki uni hech narsadan xabari yo'q.
Yoki bo'lmasa siz yangi ish joyingizda nutq so'zlayapsiz. Rahbaringiz esa oyoqlarini chalkashtirgan, bir qo'li gavdasiga ko'ndalang holatda, ikkinchi qo'lining ko'rsatkich barmog'i esa yuziga tiralgan holatda o'tirib sizni kuzatmoqda. Siz boshliqdan nutqingiz haqida biror nima so'ramay turib ham u sizni tanqid qilmoqchi ekanini bilib olishingiz mumkin. Chunki u egallab turgan holat tanqidiy baholash munosabatini bildiruvchi ishora hisoblanadi.
Yanada yaxshi ma'lumotlarni keyingi blogpostlarimda yoritib boraman. Agar men ulashayotgan bilimlarning hammasini qunt bilan mukammal egallasangiz, hattoki jonli yolg'on detektoriga aylanganingizni his qilasiz. Agarda deduksiya bo'yicha, umuman ushbu saytdagi postlar bo'yicha savollaringiz bo'lsa, kommentariyaga (izoh) qoldirishingiz mumkin.
07:49 25.10.2019
keyingi postni qachon chop etasiz?
ОтветитьУдалитьSherlok Holms nazariyasi lekin bu
ОтветитьУдалить