Yolg'on va rost

Dunyodagi milliardlab odamlarning ichida yolg'on gapirmaganini topish bu - somon orasidan igna izlashdek gap. Lekin buni nima keragi bor to'g'rimi?

Bizga hamisha rost gapiradigan odam nima ham qilib bera olardi. Lekin shunday vaziyatlar bo'ladiki, suhbatdoshingiz sizga yolg'on gapiryaptimi yoki so'zlayotgani haqiqatmi bila olmaysiz. Bunday mushkul vaziyatda sizga deduksiya yordamga keladi. 

wikipedia tili bilan aytganda deduksiya bu – oldindan mavjud bo’lgan bir umumiy haqiqat, umumiy prinsipning o’ziga xos tartibli fikrlash va mantiq qoidalariga asoslangan holda, maydaroq, yakka holatlarga tadbiq qilinishiga aytiladi. Deduksiyada umumiy bir gipoteza hayotdagi mavjud yakka holatlar orqali tekshirib chiqiladi. Bu umumiy prinsip oldindan mavjud, va holatlarni faqatgina bu prinsipni tekshirish, tatbiq qilish uchungina o’rganiladi. Bu yerda birlamchi o’rinda mantiq turadi; tajriba esa ikkilamchi hisoblanadi. 

Lekin sodda til bilan aytganda deduksiya sizni hamma ham ko'ra olmaydigan narsani payqashga o'rgatadi. Ya'ni siz o'zingiz o'tirgan taxi haydovchisi oilali ekanligi (yoki bo'ydoqligi), uning sizga aytib berayotgan hikoyasi haqiqatga qanchalar yaqinligini undan so'ramasdan aniqlay olasiz. Bu ayni haqiqat!

Buni qanday uddalash haqida esa keyingi blogpostlarimda batafsil to'xtalib o'taman. 

14:28  22.10.2019

Комментарии

Отправить комментарий

Популярные сообщения из этого блога

Harakatlaringiz sizni fosh etadi