Сообщения

Harakatlaringiz sizni fosh etadi

Kimningdir haqida bilish yoki yolg'onni aniqlash uchun avvalo insonning xatti-harakatlari tilini anglash lozim. Zero, insonning xatti-harakatlari uning o'ziga xos tashrif qog'ozidir.  Ma'lumotlarni yetkazish jarayonida biz uch xil vositadan foydalanamiz: verbal, ovozli va noverbal.   Verbal vositalar bu - faqat so'zlar yordamida, ovozli vositalar - ovozning joni, ovoz ohangi, urg'u bilan aytilishi, noverbal vositalar esa kishining xatti harakatlari yordamida ma'lumot yetkazishi hisoblanadi.  So'nggi ma'lumotlarga ko'ra, inson tomonidan ma'lumotlarni yetkazishda verbal vositalar 7%, ovozli vositalar 38%, noverbal vositalar esa 55% ishtirok etadi. Umuman olganda sizning harakatlaringiz siz haqingizda 65%dan ko'proq ma'lumotni ko'rsatib beradi.  Aytaylik, sizga do'stingiz "Bo'lgan ishlardan xabarim bor" deb aytsa-yu, lekin shu so'zlarni aytayotganda yelkasini qisib gapirsa, bilingki uni hech narsadan xabari yo...

Yolg'on va rost

Dunyodagi milliardlab odamlarning ichida yolg'on gapirmaganini topish bu - somon orasidan igna izlashdek gap. Lekin buni nima keragi bor to'g'rimi? Bizga hamisha rost gapiradigan odam nima ham qilib bera olardi. Lekin shunday vaziyatlar bo'ladiki, suhbatdoshingiz sizga yolg'on gapiryaptimi yoki so'zlayotgani haqiqatmi bila olmaysiz. Bunday mushkul vaziyatda sizga deduksiya yordamga keladi.  wikipedia tili bilan aytganda  deduksiya bu  – oldindan mavjud bo’lgan bir umumiy haqiqat, umumiy prinsipning o’ziga xos tartibli fikrlash va  mantiq  qoidalariga asoslangan holda, maydaroq, yakka holatlarga tadbiq qilinishiga aytiladi. Deduksiyada umumiy bir gipoteza hayotdagi mavjud yakka holatlar orqali tekshirib chiqiladi. Bu umumiy prinsip oldindan mavjud, va holatlarni faqatgina bu prinsipni tekshirish, tatbiq qilish uchungina o’rganiladi. Bu yerda birlamchi o’rinda mantiq turadi; tajriba  esa ikkilamchi hisoblanadi.  Lekin sodda til bilan aytgand...